Ma'lumotnoma
Motor moyi haqida ko'p beriladigan savollar
Javob topa olmasangiz — bizga yozing, mutaxassislarimiz yordam beradi.
Savol-javob
Avtomobilimga qaysi moy quyishni qayerdan bilaman?
Foydalanish qo'llanmasining «Texnik ma'lumotlar» yoki «Xizmat ko'rsatish» bo'limidan: unda qovushqoqlik sinfi (masalan, SAE 5W-30), sifat sinfi (API, ACEA yoki ishlab chiqaruvchi spetsifikatsiyasi) va hajm ko'rsatiladi. Keyin shu talablar yorliqda borligini tekshirasiz: moy yorlig'ini o'qish.
5W-30 dagi raqamlar nimani bildiradi?
5W — moyning sovuqdagi oquvchanligi sinfi, 30 — qizigan dvigateldagi quyuqligi sinfi. Bu haroratlar emas, SAE standartidagi sinf nomlari. Batafsil: SAE qovushqoqlik belgisi.
5W-30 yaxshimi yoki 5W-40?
Qo'llanmada qaysi biri yozilgan bo'lsa, o'sha. Sovuqda ular bir xil, issiq dvigatelda 5W-40 quyuqroq. Batafsil: 5W-30 va 5W-40 farqi.
Moyni necha kilometrda almashtirish kerak?
Qo'llanmadagi muddat bo'yicha: UzAuto reglamentida Cobalt, Nexia, Lacetti va Spark uchun 7 500 km yoki 6 oy, Tracker, Onix, Damas va Labo uchun 5 000 km yoki 6 oy. KORTEX moylari uchun tavsiya — 7 000 km gacha. Batafsil: moy almashtirish oralig'i.
Cobalt, Nexia 3 yoki Gentra'ga necha litr moy ketadi?
1.5 litrli dvigatelga filtr bilan 3,75 litr — 4 litrli bitta kanistr yetadi. Batafsil: Cobalt, Nexia 3 va Gentra uchun moy.
Damas va Labo'ga qaysi moy quyiladi?
Qo'llanma bo'yicha SAE 10W-30, filtr bilan 2,7 litr, har 5 000 km yoki 6 oyda. Batafsil: Damas va Labo uchun moy.
Gazda (metan, propan) yuradigan avtomobilga alohida moy kerakmi?
Qovushqoqlik qo'llanmadagidek qoladi. Gazda moy ko'proq qiziydi va tezroq oksidlanadi, shuning uchun zamonaviy sifat sinfidagi moy tanlanadi va muddat cho'zilmaydi. Batafsil: gazli avtomobil uchun moy.
API SP va SQ nima?
Benzin dvigatellari moylarining eng yangi sifat sinflari: SP 2020 yilda, SQ 2025 yilda chiqqan. Ular avvalgi sinflar (SN, SM) o'rnini bosa oladi. Batafsil: API sinflari.
Sintetik moy yarim sintetikdan nimasi bilan yaxshi?
Issiqqa va oksidlanishga chidamliroq, sovuqda yaxshiroq oqadi, kamroq bug'lanadi. Lekin birinchi o'rinda qo'llanmadagi sinf turadi. Batafsil: sintetik, yarim sintetik va mineral moy.
Moy tez qorayib qoldi. Bu yomonmi?
Yo'q. Yuvuvchi qo'shimchalar ifloslikni o'zida ushlab turgani uchun moy qorayadi. Muddatni rang emas, kilometr va vaqt belgilaydi. Batafsil: moy haqidagi afsonalar.
Turli brend moylarini aralashtirish mumkinmi?
Sathni tiklash uchun bir xil sifat sinfidagi moyni qo'shish mumkin. Doimiy foydalanishda bitta moyda turgan ma'qul. Batafsil: moy sathini tekshirish.
Yozda quyuqroq moy quyish kerakmi?
Yo'q. Dvigateldagi moy haroratini sovitish tizimi boshqaradi, ishlab chiqaruvchi esa bitta sinfni butun yil uchun belgilaydi. Batafsil: jazirama va chang.
Avtomat karobkaga qaysi moy quyiladi?
Qo'llanmada ko'rsatilgan spetsifikatsiyadagi ATF (masalan, Dexron VI). Variator va robot karobkalarga oddiy ATF to'g'ri kelmaydi. Batafsil: avtomat karobka moyi.
KORTEX moyi qayerda ishlab chiqariladi?
KORTEX moylari Janubiy Koreyada ishlab chiqariladi va O'zbekistonga rasmiy import qilinadi. Ishlab chiqarish haqida: Texnologiya.
Original KORTEX moyini qanday tanish mumkin?
Rasmiy sotuvchi, qopqoq ostidagi butun folga muhr, tiniq yorliq, idishga bosilgan partiya raqami va me'yoriy narx. Batafsil: soxta moydan saqlanish va Originalni tekshirish.
KORTEX moyini qayerdan sotib olsam bo'ladi?
Rasmiy filial va dilerlardan — ro'yxat va xarita Qayerdan sotib olish sahifasida. Ulgurji xarid va hamkorlik uchun: Hamkorlar uchun.
Manbalar
- UzAuto Motors foydalanish qo'llanmalari va texnik xizmat reglamenti
- SAE J300, API — Oil Categories, ACEA Oil Sequences
Savolingiz qoldimi?
Moy tanlash bo'yicha menejerimiz javob beradi.